Har bir rahbarga tanish holat: ofisga kirsangiz, xodim kompyuter ekraniga qarab kutib o‘tiribdi. Nima bo‘ldi desangiz: "Word qotyapti", "Kompyuter yoqilishini kutyapman", "1C ochilmayapti".
Ko‘pchilik buni oddiy texnik maydachilik deb hisoblaydi. Lekin keling, oddiy matematikani hisoblaymiz:
• Bitta xodim kompyuter qotishi, dasturlar sekin yuklanishi va qayta yoqishlar sababli kuniga atigi 30 daqiqa vaqt yo‘qotadi. • Agar ofisingizda 5 nafar xodim ishlasa: kuniga 2,5 soat ish vaqti havoga uchadi. • 1 oyda (22 ish kuni): 55 soat sof ish vaqti!
Bu degani — siz har oy bitta xodimning yarim oylik maoshini uning ishi uchun emas, kompyuterning yuklanishini kutib o‘tirgani uchun o‘z cho‘ntagingizdan to‘layapsiz!
Bir yilda bu 15–20 million so‘mdan ortiq yo‘qotilgan sof zarar degani.
Buning uchun yangi kompyuterlar sotib olish shartmi? Aslo! Muammoning 90% sababi — eski HDD disklar va chang bosgan sovitish tizimidir.
Eski diskni tezyurar SSD diskka almashtirish va noutbukni tozalash yangi kompyuter narxining 10% ini ham tashkil qilmaydi. Kompyuter esa yangi sotib olingandek 10 soniyada yonib, dasturlarni bir zumda ochadi.
PrintHub IT servisi ofis kompyuterlarini bepul diagnostika qiladi, barcha ma’lumotlarni saqlagan holda SSD o‘rnatadi va xodimlaringiz unumdorligini 5 baravar oshirib beradi.
Loading belgisiga pul to‘lashni to‘xtating — ofis texnikangizni yangilang!

